- Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlari, shuningdek, ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida xorijdan pul mablagʻlari va uskunalar bo'yicha xulosalarni berish bo'yicha onlayn arizalarni qabul qilish
- Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning grantlari, shuningdek, ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida tekin gumanitar va texnik yordam tartibida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlar va loyihalarni bajarishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari va moddiy-texnik zaxiralarning oluvchisi hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi (18.05.1998 yildagi 438-son), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmoni (29.11.2017 yildagi PF-5264-son) asosida 1-son shakl*ni toʻldirish yoʻli bilan ushbu elektron platforma orqali xizmat koʻrsatish haqidagi arizani taqdim etishadi va toʻlov maqsadini koʻrsatgan holda 10 Bazaviy hisoblash (BHM) miqdoridagi toʻlovni Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining hisob-kitob raqami**ga oʻtkazishadi.
- Ariza avtomatik ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion ishlanmalar moliyaviy-iqtisodiy va texnik ekspertizasi boshqarmasiga yuboriladi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion ishlanmalar moliyaviy-iqtisodiy va texnik ekspertizasi boshqarmasi xodimlari tomonidan 15 kunlik muddat ichida xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida tekin gumanitar va texnik yordam tartibida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlar va loyihalarni bajarish uchun xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish boʻyicha ekspertiza oʻtkaziladi va elektron manzilingizga hulosa yuboriladi.
Barcha savollar bo’yicha quyidagi +998 (71) 203-32-23 ichki raqam-520 O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Innovatsion ishlanmalarni moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasi boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.